Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini 3 ta oltin medal bilan boshlashdi

  • 27.08.2025 23:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Bugun Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati start olgani haqida xabar bergan edik. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning ilk kunidayoq 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bunday start jamoamiz tarixida hali bo‘lmagan! 

Qayd etish joiz, Dilafro‘z Boltaboeva 10 yil o‘tib, Diyora Keldiyorovadan keyin ushbu yosh toifasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik ikkinchi dzyudochi qizga aylandi.

Oltin medal:
-40 kg: Dilafro‘z Boltaboeva
-50 kg: Xushnud Sultonov
-55 kg: Xushnud Burxonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!