Yosh futbolchi maydonda hushidan ketib, qaytib turmadi

  • 24.03.2026 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kolumbiyada 18 yoshli futbolchi o‘yin vaqtida hushidan ketganidan keyin vafot etdi. “Milyonarios” yoshlar jamoasi futbolchisi Santyago Kastrillon o‘yin davomida ahvoli yomonlashdi va maydonga quladi.

Klub matbuot xizmatiga ko‘ra, milliy yoshlar turniri doirasida “Santa-Fe” jamoasiga qarshi o‘yinda Kastrillonning mazasi qochgan.

- Unga darhol jamoa shifokorlari yordam ko‘rsatdi, tez yordam mashinasida ixtisoslashtirilgan shifoxonaga yetkazildi, u yerda reanimatsiya bo‘limida kardiologlar tomonidan davolandi.

Shifokorlarning barcha harakatlariga qaramay, Santyago o‘ziga kela olmadi va oilasi, jamoadoshlari va do‘stlari qurshovida vafot etdi.

Santyago faqat futbol o‘ynamagan. U futbol bilan yashagan, uni his qilgan va doimo boshqalarga tabassum ulashgan, bu tabassum endi abadiy qalblarimizda saqlanib qoladi, - deyiladi bayonotda.

Kastrillon asosiy jamoada debut qilmagan, bir necha bor o‘yinlarda uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!