Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh faol va tashabbuskor sportchi yoshlar mukofotlandi

  • 30 iyun, 2021, 12:09
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

"Farmonda ta’kidlanishicha, bugungi kunda yangi O‘zbekiston yoshlariga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda.

Bu jarayonda o‘z taqdiri va kelajagini Vatanimiz taqdiri va istiqboli bilan uzviy bog‘liq holda ko‘radigan, shu yo‘lda har qanday sinov va mashaqqatlarni engib o‘tishga, jasorat va matonat ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan o‘g‘il-qizlarimiz safi tobora kengayib borayotganini alohida ta’kidlash lozim.

O‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo‘nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, tengdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faol va etakchi yoshlarimizdan bir guruhi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular qatorida bir guruh sportchi yoshlarimizning ham borligi bizni quvontiradi. Quyida mukofotga sazovor bo‘lgan sportchi yoshlarimiz bilan tanishing:

«Shuhrat» medali bilan:

Abdullaev G‘ulomjon Ozodovich – erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay uli – yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

Dayibekova Zaynab Kazbekovna – qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

Matniyazova Gulnoza Jumaboy qizi – dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

Sadullaeva Safina Erkinovna – engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

Turdibekova Sitora Shavkat qizi – boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

O‘ktamova Nigina Jasur qizi – boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

Turizm va sport vazirligi mukofotlangan yoshlarimizni samimiy qutlaydi va ularga kelgusi faoliyatida ham omad yor bo‘lishini tilaydi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!