Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Yoshlarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Indoneziyaga jo‘nab ketdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

13-14 sentyabr kunlari yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

13-14 sentyabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Qit’a birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqa manziliga jo‘nab ketdi. Dzyudochilarimiz to‘liq (18 nafar) tarkibda Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqishadi. Bizdan tashqari Indoneziya, Hindiston, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va Koreya Respublikasi terma jamoalari tarkibida ham 18 nafar (9 o‘g‘il bola, 9 qiz)dan dzyudochi bor.  

Umuman olganda, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qit’amizning 20 davlatdan jami 198 nafar (106 o‘smir, 92 qiz) dzyudochi o‘z mahoratini namoyish etadi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q