Yosin “Yuventus”da o‘ynashi mumkin
Portugaliyaning “Portu” klubi yarim himoyachisi Yosin Braimi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Turinning “Yuventus” klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transfer davrida jazoirlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “keksa sinora” 26 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun "Nitstsa", "Marsel", "Roma" va "Arsenal" kabi jamoalar bilan kurash olib borishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, Yosinning “Portu” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar