Yovich yana sobiq jamoasiga qaytmoqchi

  • 22.09.2020 16:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid hujumchisi Luka Yovich yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar jamoadan ketmoqchi.

Cope nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli serbiyalik futbolchi yana “Ayntraxt”ga qaytishni rejalashtirmoqda. Yovich “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kirmaydi.

“Real” Yovichni bir yil muqaddam “Ayntraxt”dan 60 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!