Yuliya Gyorgesni kim to‘xtatadi

Germaniyalik Yuliya Gyorges “Qatar Total Open – 2018” turnirining ikkinchi davrasida chexiyalik Barbora Strikovaga qarshi kortga chiqdi.

Qiziqarli o‘tgan o‘yinda Yuliya uch set davomida raqibiga qarshi kortda turdi va 6:2, 3:6, 6:1 hisobida zafar quchdi.

Doxadagi musobaqaning uchinchi davrasida Gyorges ruminiyalik Mixaeli Buzarnesku, yoki latviyalik Eleny Ostapenkoga qarshi o‘yin o‘tkazishi mumkin.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!