Yuragi to‘xtab qolgan Eriksen o‘zini hozir qanday his qilayotgani haqida xabar berdi

  • 15 iyun, 2021, 13:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen shanba kungi voqeadan so‘ng o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ilk bor xabar joylashtirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, “Evro-2020”ning guruh bosqich dastlabki turi doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘yinda 29 yoshli Eriksen maydonda hushidan ketdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘sha paytda uning yuragi ishlamay qolgan, ammo shifokorlarning o‘z vaqtida bergan yordami tufayli uning hayoti saqlab qolingan.

“Hammaga salom. Butun dunyodan kelayotgan yoqimli va ajoyib xabarlaringiz uchun sizlarga katta rahmat. Bu men va oilam uchun juda muhim ahamiyatga ega. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman, ammo hali kasalxonada bir qator sinovlardan o‘tishim kerak. Endi keyingi o‘yinlarda Daniya terma jamoasiga muxlislik qilaman. Yigitlar, Daniya uchun o‘ynang!”, - dedi Eriksen.

Daniya terma jamoasi “Evro-2020”dagi navbatdagi bahsini 17 iyun kuni Belgiyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!