Yuran "O‘runov ishi" bo‘yicha shikoyat qilmoqchi

  • 27.01.2021 21:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"SKA-Xabarovsk" bosh murabbiyi Sergey Yuran Rossiya futbol ittifoqiga shikoyat qilmoqchi. U yaqinda "Spartak" yarim himoyachisi Oston O‘runovning yoshi haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun 250 ming evro miqdoridagi jarimaga tortilgandi.

"Bugun o‘zim uchun motivatsiya oldim. Advokatim allaqachon vaziyatni o‘rganmoqda. Biz uch kun ichida norozilik bildirishimiz mumkin va men shunday qilmoqchiman. Bu hech qanday qonunga to‘g‘ri kelmaydi, aftidan, men bunday jarimaga tortilgan birinchi murabbiyman - chorak million!",-deya Yuran so‘zlarini TASS keltirmoqda.

Hamyurtimiz moskvaliklar safida 9 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!