
Yurgen Klinsmann jamoasiga 3 ta yulduz futbolchini olib kelmoqchi
Berlinning "Gerta" klubi 3 ta yirik transferni amalga oshirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda Blick nashri xabar tarqatdi.
Nemis klubi ayni damda "Arsenal" yarim himoyachisi Granita Jaka, "Borussiya D" yarim himoyachisi Mario Gyottse va PSJ hujumchisi Yulian Drakslerlarning transferlari bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Ma’lumot uchun, “Gerta” Bundesliganing o‘tgan 17 turidan so‘ng 12-o‘rinda bormoqda. 27 noyabrdan buyon esa jamoani tajribali Yurgen Klinsmann boshqarmoqda.
Fikrlar