Yurgen Klopp Florian Virtsni himoya qildi

  • 20.10.2025 15:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaga yangi qo‘shilgan Florian Virtsga nisbatan bildirilgan tanqidlarga javob berdi.

"Agar kimdir Florian Virts haqida noto‘g‘ri gapirsa, bu so‘zlaridan afsuslanadi. U hayratlanarli darajada iqtidorli futbolchi", — dedi Klopp Stiven Bartlettning "Diary Of A CEO" podkastida.

22 yoshli Virts yozgi transfer oynasida "Bayer"dan "Liverpul"ga o‘tdi. Angliya grandi nemis yarim himoyachisini 125 million evro evaziga sotib olgan.

Virts mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va faqat bitta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!