
Yurgen Klopp og‘ir jarohat olgan shogirdidan voz kechdi
“Liverpul” bosh murabbiyi asosiy tarkib himoyachilari Jo Gomes va Trent Aleksandr-Arnoldga raqobatni boy bergan Nataniel Klayndan voz kechishga qaror qildi.
Lekin 29 yoshli himoyachi ishsiz qolmaydi. Premer-liganing boshqa vakillari – “Vest Xem” va “Kristal Pelas” rahbariyatlari Kloppga ma’qul kelmagan bu futbolchi jamoalarini kuchaytirishiga ishonmoqda.
Klayn joriy mavsum oldidan tizzasidan og‘ir jarohat olgani bois birorta uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q.
Fikrlar