
Yusupov "Neftchi" bilan muzokara o‘tkazdi, biroq...
"Navbahor" posboni O‘tkir Yusupov "Neftchi"ga o‘tdimi yoki Namanganda qoladimi degan savol ko‘pchilik futbol ishqibozlari uchun qiziq, albatta. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning o‘z telegram kanalida ma’lum qilishicha, hamma narsa Yusupovning o‘ziga bog‘liq.
"O‘tkir Yusupov masalasi ancha chigal. Darvozabon bilan "Neftchi" muzokara o‘tkazgani rost, ammo tomonlar kelishuvga erisha olmagan.
"Navbahor" terma jamoaning asosiy posbonini saqlab qolish uchun oxirigacha "jang" taklif etadi.
Farg‘onaliklar posbonning agentlariga o‘z taklifini kiritib bo‘ldi. Utkir katta ehtimol bilan qaror qabul qilishga shoshilmaydi. Namangan klubi unga avvalgisidan yaxshilangan taklif bilan chiqish evazigagina jamoada olib qolishi mumkin.
Qisqasi Yusupov uchun transfer oynasining so‘nggi kuniga qadar Vodiyda kurash boradi.
O‘tkir Yusupov "lochinlar" safida qolishini ehtimoli yuqori, ammo "Neftchi" barcha qartasini stolga tashlasa, vaziyat boshqa tomonga o‘zgarib ketishi mumkin. Buni oxiri qanday ko‘rinish olishi shaxsan o‘zimga ham juda qiziq", - deyiladi xabarda.
Fikrlar
Namangandan boshqa joyda hoʻr buladi.shundoq ham oldinggi uyini yuq