“Yuve” bir necha o‘yinchidan voz kechadi

  • 08.04.2022 12:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” A Seriya va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatga erishish uchun tarkibini qayta qurishga qaror qildi. Klub rahbariyati yangi ijrochilarni olish maqsadida hozirgi futbolchilarning bir nechtasi bilan xayralashadi.

Calciomercato nashri birinchi bosqichda olti nafar futbolchi klubni tark etishi haqida ma’lumot tarqatdi. Unga ko‘ra, himoyachilardan Mattia de Shilo va Aleks Sandro, yarim himoyachilardan  Federiko Bernardeski va Artur Melo, hujumchilardan Moyze Kin va Alvaro Morata ketishi kutilmoqda.

Shuningdek, Paulo Dibala pasaytirilgan maoshli taklifni qabul qilmasa, unga ham chiqish eshiklari ko‘rsatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!