"Yuve" "instagram"dagi obunachilari soni bo‘yicha MYuni ortda qoldirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" jamoasini "instagram" sahifasidagi obunachilari soni bo‘yicha ortda qoldirdi va bu borada 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Yuve"dan yuqorida, faqat "Real" va "Barselona" klublari joy olgan.

Turinliklarda 2018 yilning iyun oyida 10 mln atrofida obunachilari bor edi. Bugungi kunga kelib, bu ko‘rsatgich 31,1 mlntaga etdi. "Byankoneri"larning yangiliklarini kuzatayotganlar soni 31 mlnta obunachiga ega bo‘lgan MYu klubidan biroz ko‘proq.

Jamoaning muxlislari ko‘payishining asosiy sababi, forvard Krishtianu Ronaldu jamoaga kelganidadur. Portugaliyalikning shaxsiy sahifasida 181 mln obunachi bor.

Italiyaliklardan faqatgina Ispaniyaning ikki grand klubi "Real" va "Barsa" obunchailari ko‘proq.

"Qaymoqranglilar"ning yangiliklarini kuzatadigan foydalanuvchilar soni 76,6 mln bo‘lsa, "ko‘k-anorranglilar"da ushbu ko‘rsatkich 76,1 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!