"Yuve" yilni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

  • 04.01.2021 02:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 15-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Udineze" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar 4:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Dastlab, Krishtianu Ronaldu 31-daqiqada hisobni ochdi. Himoyachilar xatosidan so‘ng, to‘pni olib qo‘ygan futbolchi kuchli zarbasi bilan darvozabonni ojiz qoldirdi. Ikkinchi bo‘limda aynan uning uzatmasidan keyin birga-bir vaziyatga chiqib borgan Keza ikkinchi golni kiritdi.

70-daqiqada Ronaldu dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Dibala hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoasining to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. Ushbu aniq zarbalarga mehmonlar faqatgina bir bor javob qaytara oldi. "Keksa senora" darvozasiga kiritilgan yagona gol Marvin Zegelar hisobiga yozildi.

O‘z maydonida g‘alaba qozongan turinliklar ochkolarini sonini 27 taga etkazgan holda, 5-pog‘onaga ko‘tarildi. Imkoniyatni boy bergan "Udineze" 13-o‘rinda joylashgan. Ular hisobida 15 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!