"Yuventus" - "Inter" uchrashuvi sanasi yana o‘zgarishi mumkin

  • 03.03.2020 08:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya futbol federatsiyasi rahbariyati "Yuventus" va "Inter" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni yana boshqa muddatga qoldirmoqchi.

Eslatib o‘tish lozimki, ushbu uchrashuv aslida o‘tgan hafta bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, Italiyada tarqalgan koronavirus epidemiyasi sabab ushbu o‘yin 13 mayga ko‘chirilgan edi. Endi esa ushbu o‘yin 9 mart sanasiga ko‘chirilishi kutilmoqda. Ushbu o‘yin katta ehtimol bilan muxlislarsiz o‘tkaziladi.

Hozirda Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 1600 nafardan ortiq. Favot etganlar soni esa 50 nafardan ortib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!