"Yuventus" 560 kunlik peshqadamlikni boy berdi

  • 15.09.2019 12:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha “Yuventus” A Seriyaning 3-turida safarda “Fiorentina”ni (0:0) enga olmadi.

O‘z maydonida “Udineze”ni 1:0 hisobida engan “Inter” musobaqa jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. E’tiborlisi, “keksa sinora” shu tariqa so‘nggi 560 kunda ilk bor Italiya chempionatida peshqadamlikni boy berdi.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” so‘nggi bor 2018 yil  3 mart kuni jadvalda 2-o‘ringa tushgan. O‘shanda turinliklarni “Napoli” ortda qoldirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!