
"Yuventus" A Seriyada 10-o‘ringa tushib ketdi. Klub endi nima qiladi?
Turinning "Yuventus" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali bayonot berdi. Unga ko‘ra "keksa sinora" hisobidan 15 ochko olib qo‘yilgani borasidagi sud qarori ustidan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda.
"Biz sabablar e’lon qilinishini kutyapmiz. va Sport adolati kodeksi doirasida sport kafillari jamiyatiga ariza beramiz", - deyiladi Italiya top-klubi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 15 ochkodan mahrum bo‘lgani munosabati bilan "Yuventus" Italiya chempionati turnir jadvalida o‘ninchi o‘ringa tushib ketdi. Turinliklar quyidagilar bo‘yicha ayblanmoqda: o‘yinchilarning narxini oshirib yuborish va xodimlarning harajatlari haqidagi ma’lumotni kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, futbolchilarning maoshi miqdorini yashirish.
Fikrlar