
"Yuventus" A Seriyada yangi rekord o‘rnatdi
Kecha safarda “Napoli”ni mag‘lubiyatga uchrata olgan “Yuventus” A Seriyada yangi rekord o‘rnatdi.
Aniqrog‘i, turinliklarning Neapolda kiritgan goli chempionatdagi ketma-ket 44-gol bo‘ldi. Bunday natijani esa avval hech bir jamoa qayd etmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan Massimiliano Allegri shogirdlari o‘z ochkolari sonini 37taga etkazib olishdi va peshqadam “Napoli” (38 ochko) bilan oradagi farqni yanada qisqartirishdi.
Fikrlar