
"Yuventus" AQShlik vingerni sotib olishga yaqin
"Yuventus"ni ushbu yozda ko‘plab futbolchilar tark etishi kutilyapi. Avvalroq, Di Mariya klub bilan amaldagi shartnomani uzaytirmasligi ma’lum bo‘lgan. Endilikda Keza ham APLga o‘tishi mumkinligi haqda mish-mishlar chiqmoqda.
Turinliklar mazkur yo‘qotishlarni o‘rnini qoplash niyatida bitta vinger sotib olishga qaror qildi. "Keksa Sinora" "Lill" futbolchisi Timoti Veani nishonga olgan, deya xabar berdi Di Martsio. Ayni dam tomnlar deyarli kelishuvga erishgan. Tez orada transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vea "Yuventus" bilan 2028 yilgacha amal qiladigan bitim bo‘yicha kelishib olgan. Uning maoshi yiliga 2 million evro bo‘ladi.
Fikrlar