"Yuventus" Benatiani ortga qaytarmoqchi

  • 7 iyun, 2019, 17:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi Qatarning "Al-Duxayl" jamoasida to‘p surayotgan marokashlik sobiq himoyachisi Mexdi Benatiani yana ortga qaytarish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Gap shundaki, turinliklar ayni damda faoliyatini yakunlagan Andrea Bartsali o‘rniga munosib markaziy himoyachi qidirishmoqda va Benatia bu borada nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, 32 yoshli futbolchi “keksa sinora” safida 2016-2019 yillarda to‘p surgan. Biroq, oxir oqibat bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan kelisha olmay joriy yilning yanvarida 8 mln evro vaziga Qatar klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Benatia “Al-Duxayl” safida hozirchi 13ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!