"Yuventus" De Shiloning transferi borasida "Milan" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
Turinning “Yuventus” klubi hamon o‘z safiga “Milan” himoyachisi Mattiya De Shiloni qo‘shib olish fikridan qaytmayapti.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar 24 yoshli italiyalik futbolchi uchun 10 mln evro berishmoqchi, biroq, “rossonerilar” uni 15 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki, har ikkala qanotda bemalol to‘p sura oladigan Italiya terma jamoasi a’zosining “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan. Qolaversa, futbolchining jamoadan ketishiga asosiy sabab, mahalliy muxlislarning unga nisbatan yoqimsiz munosabati bo‘lmoqda. Boisi, odatda uni “San Siro”da ishqibozlar “hushtakbozlik” ostida kutib olishadi.
Fikrlar