"Yuventus" di Mariyaga chiqish eshiklarini ko‘rsatadi. Sababi...
"Yuventus" vingeri Anxel di Mariya tez orada erkin agentga aylanishi mumkin. Boisi, 35 yoshli argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Avvalroq turli manbalar "Yuventus" rahbariyati di Mariya bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini va kelishuv uzaytirilishini bir necha bor xabar qilishgan edi, biroq vaziyat keskin o‘zgarganga o‘xshaydi. Sky Italia nashri xabariga ko‘ra, Turin klubi tarkibni yoshartirmoqchi, shuning uchun di Mariyaga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari “keksa sinora” rahbariyati ham futbolchining maoshi uning joriy mavsumdagi o‘yin darajasiga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Anxel di Mariya "Yuventus"ga o‘tgan yozda PSJdan ko‘chib o‘tgandi. U turinliklar safida 37 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar