"Yuventus" Eriksenni tekinga qo‘lga kiritmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi “Tottenxem” xavbeki Kristianni Eriksenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda “keksa sinora” Daniya terma jamoasi etakchisini kelgusi yoz, ya’ni “shporlar” bilan shartnomasi yakunlanib erkin agentga aylangach tekinga qo‘shib olmoqchi. Turinliklar bu borada futbolchi bilan allaqachon bog‘lanishgan.
Ta’kidlash kerakki, qoidaga ko‘ra Eriksen shartnomasi yakunlanishiga yarim yil qolganda, ya’ni 2020 yilning yanvaridan boshlab boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga “Real” va “Atletiko” kabi Madrid grandlari qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar