"Yuventus" Eriksenning transferiga Raboni ham qo‘shishga tayyor
Turinning "Yuventus" klubi hamon "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksenni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmayapti.
Calciomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "keksa sinora" daniyalik futbolchining transferiga xatto frantsiyalik yarim himoyachisi Adrian Rabo ham qo‘shishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Eriksenga Madridning “Real” klubi ham jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Eriksen joriy mavsum 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar