"Yuventus" Evro-2020da porlayotgan italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun pul va ikki o‘yinchisini bermoqchi

  • 22.06.2021 17:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Sassuolo" klubi yarim himoyachisi Manuel Lokatelli faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaning yozishicha, turinliklar Lokatelli uchun 30 million evro va hisoyachi Radu Dragushin hamda hujumchi Marko da Grasani qo‘shib berishga tayyor. "Yuve" bu yarim himoyachi uchun kurashmoqda.

"Yuventus" va "Sassuolo" vakillari shu haftada uchrashuv o‘tkazadi va transfer shartlari bo‘yicha muzoakaraga kirishadi. Ayrim manbalarda Lokatelli turinliklar bilan shartnomaning shaxsiy bandlari bilan kelishib olgan.

Manuel Lokatelli Evro-2020da yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, ko‘pchilik klublarning qizishini orttirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!