“Yuventus” futbolchisi avtoavariyaga uchradi
“Yuventus”ning asosiy darvozaboni Voytsex Shchesni “Udineze”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng, o‘z avtomobilida uyiga qaytayotib, avtoavariyaga uchradi.
Turinliklar birinchi tur uchrashuvida aynan darvozabonning ikkita qo‘pol xatosi oqibatida “Udineze” bilan ochko bo‘lishishiga to‘g‘ri kelgandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, avtoavariya boshqa haydovchining darvozabonga yo‘l bermagani oqibatida kelib chiqqan. Ushbu voqeada hech kim jarohatlanmadi.

Fikrlar