"Yuventus" futbolchisi: Ronalduni to‘xtatib bo‘lmaydi
U jamoadoshining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.
"Yuventus"ning shvetsiyalik yarim himoyachisi Deyan Kulushevski UEFA Millatlar ligasidan o‘rin olgan Portugaliya – Shvetsiya bahsidan oldin portugaliyalik jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Birinchi o‘yinda Ronalduni to‘xtatishning imkoni bo‘lmagandi. Buni hech kim uddalay olmagandi. Agar Ronaldu yaxshi kayfiyatda bo‘lsa, o‘yin taqdirini bir o‘zi hal qilib qo‘yishi mumkin. Unga qarshi o‘ynash ajoyib bo‘ladi”, - dedi Deyan.


Izohlar (0)