"Yuventus" futbolchisi uchun 5ta grand jamoa kurash boshladi

  • 01.04.2019 20:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi hujumkor yarim himoyachisi Duglas Kosta yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida katta ehtimol bilan jamoasini o‘zgartiradi.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Inter", "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va PSJ klublaridan qiziqishlar bor. Kostaning transferi ushbu jamoalarga taxminan 60 mln evroga tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kosta “Yuventus” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!