"Yuventus" himoyachisiga narx belgiladi
"Yuventus" markaziy himoyachisi Gleyson Bremer bir qancha top-klublar radarida turibdi.
"Calciomercato" nashrining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchiga "Bavariya", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda. "Keksa sinora" rahbariyati Bremerni 70-80 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Braziliyalik futbolchining turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.
Gleyson joriy mavsumda 4ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning narxi 50 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar