"Yuventus" Ikardi uchun yiliga 8 mln evro maosh berishga tayyor
"Inter" klubi xujumchisi Mauro Ikardi "Yuventus"ga o‘tishi mumkin. Bu borada Turin klubi sport direktori Fabio Paratichi futbolchining agenti Vanda Nara bilan suxbat olib borgan. "Keksa sinora" 26 yoshli futbolchi uchun yiliga 8 mln evro maosh berishga tayyor. Ikardining o‘zi ham Mauritsio Sarri bilan ishlashga qarshi emas.
"Inter" futbolchini sotib yuborishi kutilmoqda, sababi milanliklar "Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuni xarid qilish uchun mablag‘ to‘plab olishadi. "Inter" Ikardining transferidan kamida 60 mln evro ishlab olish niyatida.
Yakunlangan mavsumda Mauro Ikardi "A" seriya doirasida 29 o‘yinda maydonga tushdi. 11 golga mualliflik qilish bilan birga 4 bor sheriklarini gollik uzatma bilan ta’minladi.
Fikrlar