"Yuventus" Keza bilan kelishib oldi, lekin...
«Fiorentina» hujumchisi Federiko Keza yozgi transfer chog‘ida klubni tark etishi mumkin. «La Stampa» tarqatgan xabarlarga qaraganda, «Yuventus» klubi 22 yoshli futbolchining otasi va agenti sanaladigan Enriko Keza bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olishga erishgan.
Turin superklubi vakillari Kezaga yiliga 5 million evro miqdorida maosh to‘lashga rozi bo‘lganlar. Ammo muammo shundaki, «Fiorentina» Federikoni umuman boshqa klubga sotishni istamoqda. Iqtidorli hujumchiga da’vogarlar orasida «Inter» hamda «Manchester Yunayted» klublari ham tilga olinmoqda.
Joriy mavsum Keza barcha turnirlar doirasida 26 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va sheriklariga 5 marta assistentlik vazifasini o‘tab berdi. Uning «Fiorentina» bilan imzolagan amaldagi bitimi 2022 yil yozida nihoyasiga etadi.

Fikrlar