"Yuventus" Matyuidi va Kuadradoni o‘zida saqlab qolmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati jamoaning 2 nafar a’zosiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Calciomercato nashrining yozishicha gap yarim himoyachilar - Blez Matyuidi va Xuan Kuadrado haqida ketmoqda. Aytish kerakki, ularning har ikkalasining ham shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumotlarga qaraganda Matyuidiga bir yillik, Kuadradoga esa ikki yillik shartnoma taklif qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Matyuidi joriy mavsum “Yuventus” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi. 8 ta o‘yinda ishtirok etgan Kuadrado ham raqib darvozasini bir marta ishg‘ol etgan.
Fikrlar