
"Yuventus" o‘zining asosiy darvozaboni bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati jamoa darvozaboni Voytsex Shensni bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 29 yoshli polshalik posbonni tekinga qo‘yib yubormoqchi emas va shu bois u bilan yangi shartnoma imzolab, uning tovon pulini oshirib qo‘ymoqchi.
Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasidagi hozirgi kelishuv 2021 yilga qadar imzolangan. Unga ko‘ra Shensnining yillik maoshi 3,5 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Shensni 2017 yildan buyon "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 50 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 31 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar