
“Yuventus” Pogbani haydaydigan bo‘ldi
“Yuventus” rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogbada doping aniqlanganidan keyin u bilan amaldagi shartnomani bir tomonlama bekor qilish bo‘yicha ish boshladi.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Turin klubi Pogba aybsizligini isbotlab bera olmasa, futbolchi bilan hamorlikni to‘xtatadi.
Endi Pogba takroriy test topshirishi kerak. Unda ham natija musbat chiqsa, Pogba to‘rt yilga futboldan chetlatilishi mumkin.
Frantsiyalik yulduz 2022 yildan beri “Yuventus” a’zosi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
Pol Pogba jarohatlar tufayli jamoasiga etarli darajada yordam bera olmayapti. Shunga qaramay, u A Seriyada eng katta maosh oladi. Klub rahbariyati doping mashmashasi chiqqunicha Pogbaning 10,5 million evro miqdoridagi yillik maoshini qirq foizga qisqartirish bo‘yicha taklif tayyorlayotgan edi.
Fikrlar