"Yuventus" Pogbaning muqobilini "Bavariya"dan topdi
Turinning "Yuventus" klubi agar "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani sotib ololmasa, uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni ko‘z ostiga olib qo‘ymoqda.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” bu borada “Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantara nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Aytish kerakki, 28 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas va shu sababli uning “Yuventus”ga o‘tish ehtimollari ancha yuqori baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Alkantara joriy mavsum “Yuventus” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 60 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar