"Yuventus" qishda kimlarni transferga qo‘yadi?

  • 05.10.2019 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida qaysi futbolchilarni sotib yuborish bo‘yicha bir qarorga keldi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” davralar oralig‘ida darvozabon Mattia Perin, vinger Marko Pyatsa va hujumchi Mario Manjukichlarni transferga qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Manjukichga "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Yuventus”  A Seriyaning ortda qolgan 6 ta turidan so‘ng peshqadam “Inter”dan 2 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!