"Yuventus" Reshfordni hujumga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Yuventus" uchun hujumni kuchaytirishning ustuvor variantiga aylandi, deya xabar beradi "The Sun".
Manbaga ko‘ra, Reshford "Manchester Yunayted"ning asosiy jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazmayapti. Ta’kidlanishicha, "Yuventus" "Barselona"dan o‘zib ketish va o‘yinchini yig‘in boshlanishiga qadar qo‘lga kiritish uchun shartnomani imkon qadar tezroq yakunlamoqchi.
Angliyalik hujumchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Aston Villa"da ijara asosida o‘tkazdi. Birmingem jamoasi tarkibida u 17ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar