"Yuventus" safiga "Evro-2020" g‘olibi kelib qo‘shiladi

  • 14.08.2021 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Sassuolo" ning o‘rta chiziq etakchisi Manuel Lokatelli "Yuventus"ga o‘tadi.

Jurnalist-insayder Nikolo Skira o‘z tvitterida yozishicha, 23 yoshli italiyalik futbolchi "keksa sinora" bilan 5 yil yillik mehnat shartnomasi imzolaydi. Uning Turin klubida yillik maoshi 3 million evroni tashkil qiladi.

“Yuventus” Lokatellini keyinchalik 35 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.

Manuel Italiya chempionatining so‘nggi mavsumida 34 uchrashuv o‘tkazdi va 4 gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi.

Manuel Lokatelli shu yoz Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!