
“Yuventus“ so‘nggi daqiqalardagi avtogol evaziga g‘alaba qozondi
Italiya kubogi yarim final doirasidagi “Fiorentina“ - “Yuventus“ bahsi nihoyasi etdi. Unda mehmonlar minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni florentsiyaliklar vakili Venuti o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. U raqibning qanotdan uzatib berilgan pasini kutilmaganda darvozaga kiritib yubordi.
Shu tariqa, “Yuventus“ yarim final dastlabki o‘yinida muhim g‘alabaga erishdi. Javob uchrashuvi 20 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar