"Yuventus" sport direktori: "Gomes – ajoyib futbolchi, biroq ..."

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi sport direktori Fabio Paratichi turinliklar "Atalanta" etakchisi Alexandro Gomesni transfer qilishi borasidagi mish-mishlarga izoh berib o‘tdi. Argentinalik futbolchi Bergamo klubi murabbiyi Gasperini bilan kelisha olmayapti va jamoasini o‘zgartirishga tayyor. 

"Gomes qishki transfer vaqtida ko‘chib o‘tishi mumkinmi? Yo‘q, bu bo‘lishi mumkin emas. Gomes – ajoyib futbolchi, biroq biz hozirgi tarkibimizdan mamnunmiz", - dedi Paratichi.

Ta’kidlab o‘tish joizki,  Alexandro Gomes xizmatiga "Inter" va "Torino" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!