
"Yuventus" Suares bilan deyarli kelishuvga erishdi
"Yuventus" klubi rahbariyati "Barselona" forvardi Luis Suares bilan deyarli kelishuvga erishib bo‘ldi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “keksa sinora” 33 yoshli urugvaylik futbolchiga 3 yillik shartnoma va yiliga 10 mln evro maosh to‘lashga tayyor. Biroq “Yuve” Suares bilan shartnoma imzolash uchun uning “Barsa” bilan kelishuvni bekor qilishi va erkin agentga aylanishini kutishi lozim.
Neymar Suaresni PSJga chorlayotgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Qolaversa, Luis “Barsa”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kumanning rejalariga kirmaydi.
Fikrlar