
“Yuventus” tez orada supertransferni e’lon qiladi
“Yuventus” rahbariyati tez kunlarda juda katta transfer haqida rasmiy bayonot berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, turinliklar “Manchester Yunayted”ni tark etgan Pol Pogbani “Yuventus”ga kelishga ko‘ndirgan va tomonlar tez orada rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Pol Pogba 2012-2016 yillar davomida “Yuventus” sharafini himoya qilgan. Keyin uni “Manchester Yunayted” rekord summa – 105 million evroga sotib oldi.
Endi yana ortga qaytgan frantsiyalik yarim himoyachi Turik klubida 8 million evro maosh olishi aytilmoqda. Bundan tashqari, klub o‘yinchining natijalariga qarab, unga turli bonuslar to‘lab boradi.
Fikrlar