"Yuventus" va "Manchester Siti" ko‘zlagan futbolchini "Arsenal" o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

  • 20.04.2021 10:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" mavsumlar oralig‘ida "Sassuolo" klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Manuel Lokatellini o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Il Resto del Carlino nashri xabar tarqatmoqda.

Londonliklar shu yo‘l bilan o‘zlarining markaziy chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Ammo, bu borada “kanonirlar” bir qator grand klublar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Chunki Lokatelli uchun kurashda "Yuventus" va "Manchester Siti" ham bor.

Manuel joriy mavsum "Sassuolo" safida jami 27 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Manuel Lokatellining ayni damdagi transfer narxi 35,00 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!