"Yuventus" Vlahovich o‘rniga A Seriyaning boshqa hujumchisini olishi mumkin

  • 30.05.2023 15:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi Dushan Vlahovich o‘rniga hujumchi tanlashga qaror qildi. "Tuttomercato" nashri xabariga ko‘ra, Massimiliano Allegri jamoasi hozirda Evropaning ko‘plab top-klublariga qiziqish bildirayotgan "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xyoylunnga ko‘z tikmoqda.

Qayd etilishicha, "Yuventus" allaqachon "Atalanta" bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilgan. Vlahovich kelasi yozda "keksa senyora"ni tark etmoqchi. Jamoasi keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok eta olmaganidan keyin futbolchining istagi kuchaydi.

Oldinroq "Manchester Yunayted" Xyoylunnga jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. 20 yoshli Rasmus joriy mavsum A Seriyada 8 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!