"Yuventus"dan 20 ochko olib tashlanishi mumkin

  • 3 fevral, 2023, 00:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" klubidan yana ochkolar olib tashlanishi mumkin. 

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) pandemiya davrida futbolchilarning maoshlari bilan bog‘liq firibgarliklarni tekshirish ishlarini hamon olib bormoqda. "Virgilio Sport"ning "Corriere dello Sport" nashriga tayanib bergan xabariga ko‘ra, federatsiya bosh prokurori "keksa senora"dan kamida 20 ochko olib tashlashni talab qilmoqda. 

Ish 29 yanvar kuni yakunlanishi kerak edi, ammo yangi dalillar topilganligi tufayli Italiya futbol federatsiyasi tergov muddatini yana 40 kunga uzaytirishni so‘ragan. Hukm mart oyida e’lon qilinishi lozim. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Yuventus"dan moliyaviy firibgarlik sabab 15 ochko olib tashlangandi. Ayni vaqtda turinliklar A Seriya turnir jadvalida 23 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!