"Yuventus"ga "Barselona"ning taklifi ma’qul kelmadi. Endi nima bo‘ladi?

  • 19 may, 2020, 15:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" klubi Miralem Pyanichning transferi bo‘yicha "Yuventus"ga navbatdagi taklifini yubordi. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” bosniyalik xavbek evaziga “keksa sinora”ga xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitichni taklif qilgan. Ammo, bu taklif Italiya chempionini qiziqtirmagan. Ular ko‘proq “Barsa”ning braziliyalik yarim himoyachisi Artur Ramosga qiziqish bildirmoqda.

Rakitichning transferi Pyanichnikidan ikki barobar arzon hisoblanadi. Ivan hozirda 20 mln evroga, Miralim esa 52 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!