"Yuventus"ning yozgi transferlar davridagi asosiy "nishoni" kim?

  • 23.04.2021 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus”ning mavsumlar oralig‘ida amalga oshiriladigan asosiy transfer nishoni kim bo‘lishi aniq.

Calciomercato tarqatgan xabarga qaraganda, “keksa sinora” bu borada “Sassuolo” yarim himoyachisi Manuel Lokatellini sotib olishni maqsad qilgan. Ammo bu borada “Yuventus” “Manchester Siti” va “Arsenal” klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Manuel “Sassuolo” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha imzolangan, transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Lokatelli joriy mavsum A Seriyada 28 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!