Yuz million yevro! Angliyaning ikki klubi “Real” yulduzini talashyapti

  • 28.01.2026 09:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasi grandlaridan “Arsenal” va “Chelsi” Ispaniya chempionatida ishtirok etayotgan 20 yoshli turkiyalik futbolchi Arda Gyuler transferi uchun raqobatlashmoqda.

Bu ikki klub rejasi amalga oshishi uchun “Real” klubi rahbariyatini o‘z o‘yinchisini sotib yuborishga ko‘ndirishga to‘g‘ri keladi.

Bu haqida Caught Offside xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klublari kelasi yozda turk yarim himoyachisini 90–100 million yevro miqdoridagi mablag‘ evaziga sotib olishga urinib ko‘rmoqchi. “Real” esa, Gyulerni sotishni rejalashtirmayapti, ammo “Arsenal” va “Chelsi” o‘z takliflari madridliklarning fikrini o‘zgartirishga majbur qilishi mumkin, deb baholanmoqda.

Joriy mavsumda Gyuler barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!